Hamkor bo‘lish

B2B platforma · tur agentliklar uchun

Tashkillashtirishni bizga qo‘yib bering.

Sizning ishingiz — mijozni xursand qilish.

Plan Tour — tur agentliklar uchun qulay narxli guruh turlari. 2027 yil uchun 10 dan ortiq tur mahsulotini tayyorlab qo‘ydik. Mijoz doim sizniki: biz faqat tashkiliy ishlarni olib boramiz.

~300
sayohatchini 2026 yilda Yevropaga olib bordik
0
viza rad etilishi — shu kungacha
10+
2027 yil uchun tur mahsulotlari
UZ · RU
tilida gapiradigan yo‘lboshchi
01 / 06 Laplandiyaga sayohat Sotuvda

Bizning qadriyatlarimiz

Biz son emas, sifat sotamiz.

Har bir marshrutni mijoz Yevropadan maksimal rohat olib qaytishi uchun tuzamiz. Shunda u sizga bir marta emas, o‘n marta, kerak bo‘lsa yuz marta qaytib keladi.

  1. 01

    Mijoz yo‘lda charchamaydi

    Marshrut va logistika puxta o‘ylangan: uzoq yo‘llar, bo‘sh kutishlar va keraksiz ko‘chishlar yo‘q.

  2. 02

    Gid va ekskursiyalar narxda

    Kun davomidagi gid, ekskursiyalar va dasturdagi hamma narsa bitta narx ichida.

  3. 03

    Yashirin xarajat yo‘q

    Narxni arzon ko‘rsatish uchun xarajatlarni yashirmaymiz. Nima kirmasligi ham oldindan ochiq yoziladi.

  4. 04

    Mijoz qayta keladi

    Sifatli sayohatdan qaytgan mijoz keyingi turni ham sizdan oladi — bu sizning doimiy daromadingiz.

Qanday ishlaydi

Agentlik uchun qadamma-qadam

Sizning vazifangiz — mijozga sotish va viza hujjatlarini to‘plab berish. Qolgan hamma ishni biz qilamiz.

  1. 01

    Ariza qoldiring

    Ro‘yxatdan o‘ting va hamkorlik shartlarini oling.

  2. 02

    Turni tanlang

    Aktual turlarimizdan birini tanlang. O‘zbek va rus tilidagi tayyor dastur sizda bo‘ladi.

  3. 03

    Mijozingizga soting

    Mijoz bilan siz ishlaysiz. U doim sizning mijozingiz bo‘lib qoladi.

  4. 04

    Hujjatlarni topshiring

    Mijozning viza hujjatlarini to‘plab bizga bering — shu bilan sizning qismingiz tugaydi.

Qolgan hammasini biz qilamiz

Tashkilotchilikni bizga qo‘yib bering.

  • Tayyor marshrutLogistikasi to‘g‘ri o‘ylangan dastur
  • VizaAnketa, ariza va to‘liq viza jarayoni
  • MehmonxonalarBarcha tunashlar bron qilinadi
  • TransferlarAeroport, vokzal va shaharlar orasida
  • Joylardagi gidlarHar bir shaharda ekskursiyalar
  • Yo‘lboshchiButun tur davomida guruh bilan

Yo‘lboshchi

Mijozlaringiz ishonchli qo‘lda

Butun tur davomida bitta yo‘lboshchi 20–30 kishilik guruhni o‘zi boshlab yuradi. U rus va o‘zbek tilida gapiradi — ingliz tilini bilmagan mijoz ham hech qayerda til to‘sig‘iga duch kelmaydi.

Kimlar uchun

Turlarimiz hammaga mos

  • Er-xotinlar
  • Ota-onalar
  • Farzandli oilalar
  • Do‘stlar davrasi

Sotuvda

Aktual turlarimiz

Sana, narx va to‘liq dasturi tayyor. Mijozingizga hoziroq taklif qilishingiz mumkin.

Ko‘k oqshomdagi qorli Laplandiya o‘rmoni

Yanvar 2027 · 9 kun · 8 kecha

Laplandiyaga sayohat

Budapesht · Stokgolm · Xelsinki · Laplandiya

  • Santa Claus Village
  • Husky Safari
  • Boltiq kruizi
  • Shimoliy yog‘du
  • Bug‘u chanasi
  • Ranua zoo
  • 4 – 12 yanvar 2027
  • Guruh 20 kishi
  • 4* mehmonxonalar

4 000$

Taxminiy narx, bir kishi uchun. Xalqaro parvoz alohida: 650$ + 465$ dan.

Tur tuzilishi

3 davlat, 5 manzil

Vengriya, Shvetsiya va Finlandiya — samolyot, layner va poyezd bilan bitta uzluksiz marshrut.

  1. Kun 1Toshkent → BudapeshtParvoz, Istanbul orqali
  2. Kun 2Budapesht → StokgolmIchki parvoz
  3. Kun 3StokgolmGid bilan ekskursiya
  4. Kun 4Stokgolm → XelsinkiBoltiq dengizi bo‘ylab kruiz
  5. Kun 5Xelsinki → LaplandiyaShimolga poyezd
  6. Kun 6–7Rovaniyemi · RanuaSanta-Klaus qishlog‘i, Arktika zoo
  7. Kun 8Laplandiya → XelsinkiPoyezd, keyin parvoz
  8. Kun 9Toshkentga qaytishIstanbul orqali

Tunlar

  • 1Budapesht
  • 2Stokgolm
  • 1Layner
  • 3Laplandiya
  • 1Xelsinki

Dastur kunma-kun

  1. Kun 1

    Toshkent → Budapesht

    Soat 05:55 da Toshkentdan parvoz, Istanbulda reys almashinuvi, 13:00 da Budapeshtga yetib kelish. Mehmonxonaga guruh transferi, joylashish va dam olish.

  2. Kun 2

    Budapesht → Stokgolm

    Budapeshtdan Stokgolmga parvoz. Aeroportda kutib olish, mehmonxonaga transfer. Gid hamrohligida Stokgolm bilan ilk tanishuv.

  3. Kun 3

    Stokgolm

    Nonushta. Gid bilan tarixiy markaz bo‘ylab ekskursiya. Suratga tushish, sayr va xaridlar uchun bo‘sh vaqt.

  4. Kun 4

    Kruiz: Stokgolm → Xelsinki

    Portga transfer, laynerga chiqish. Boltiq dengizi bo‘ylab sayohat — bortda dam olish va dengiz manzaralari.

  5. Kun 5

    Xelsinki → Laplandiya

    Portdan vokzalga transfer. Poyezdda shimolga — Laplandiyaga. Vokzaldan mehmonxonaga transfer, dam olish.

  6. Kun 6

    Rovaniyemi va Santa-Klaus qishlog‘i

    Nonushta. Santa-Klaus qishlog‘iga tashrif, dastur manzillari o‘rtasida guruh transferlari, qishki Finlyandiyada bo‘sh vaqt.

  7. Kun 7

    Ranua hayvonot bog‘i

    Arktika hayvonot bog‘iga tashrif (chipta narxga kiritilgan) va dasturni kelishilgan yo‘nalish bo‘yicha davom ettirish.

  8. Kun 8

    Laplandiya → Xelsinki → parvoz

    Nonushta, xonalarni bo‘shatish. Poyezdda Xelsinkiga, aeroportga transfer va 19:05 da Istanbul orqali Toshkentga parvoz.

  9. Kun 9

    Uyga qaytish

    Soat 08:35 da Toshkentga yetib kelish — tur yakuni.

Narxga kiradi

  • 4* mehmonxonalar, nonushta bilan
  • Transferlar
  • Ichki parvoz Budapesht → Stokgolm
  • Kruiz (layner) va poyezd chiptalari
  • Gid xizmati
  • Santa Village chiptalari
  • Ranua hayvonot bog‘i chiptalari
  • Kafolatlangan viza (barcha kerakli hujjatlar bo‘lsa)

Narxga kirmaydi

  • Tushlik va kechki ovqat
  • Xalqaro parvozlar
  • Konsullik yig‘imi

Parvozlar · Turkish Airlines

  • 4 yanvar · TK365 Toshkent 05:55 → Istanbul 09:30 · TK1033 → Budapesht 13:00650$ dan
  • 11 yanvar · Xelsinki 19:05 → Istanbul 23:55 → Toshkent 08:35 (12 yanvar)465$ dan

Bagaj 20 kg + qo‘l yuki 5 kg

Bolalar va joylashuv

  • 2 yoshdan 12 yoshgacha — kattalar qatori hisoblanadi
  • 2 yoshgacha — parvoz bepul (qo‘lda); alohida o‘rindiq — qo‘shimcha to‘lov
  • Mehmonxonada: 1 xona, 2 ta alohida karavot (twin)
  • 2 yoshgacha bolalar — bepul (qo‘shimcha karavotsiz)
  • Qo‘shimcha karavot — qo‘shimcha to‘lov
  • Oilaviy xonaga almashtirish — qo‘shimcha to‘lov
Dasturni yuklab olish (PDF)

2027 yilda kutilmoqda

Kutilayotgan turlarimiz

Marshrutlar tayyor. Sana va narxlar tasdiqlangach har bir tur sotuvga chiqadi — hamkor agentliklarga birinchi bo‘lib xabar beramiz.

Agentlarga

Siz nimani olasiz

  • 01

    Mijoz sizniki

    Mijoz bilan siz ishlaysiz. Biz faqat tashkilotchimiz va mijozingizni o‘zimizga olmaymiz.

  • 02

    Tayyor mahsulot

    Marshrut, mehmonxonalar, transferlar va gid — tur to‘liq yig‘ilgan holda.

  • 03

    Sotuv materiallari

    O‘zbek va rus tilidagi PDF dasturlar va reklama videolari mijozga yuborish uchun.

  • 04

    Viza bizda

    Anketa va arizalarni o‘zimiz tayyorlaymiz. Shu kungacha birorta ham viza rad etilmagan.

Agentlik mukofoti

Ko‘p sotsangiz — ko‘p olasiz

Komissiya oy davomidagi sotuvlar soniga qarab oshadi. Oshgan foiz shu oydagi barcha sotuvlarga hisoblanadi.

  1. 7%1–6 ta turoyiga
  2. 8%7–10 ta turoyiga
  3. 9%11–20 ta turoyiga
  4. 10%21 va undan ko‘poyiga

11 ta tur → 9% barcha sotuvlardan

Oylik daromadingiz
$3 465
Yiliga, shu sur’atda
$41 580

Masalan: oyiga 11 ta tur sotsangiz, 11 tasining hammasidan 9% olasiz.

  • 6 ta tur · 7%$1 470oyiga
  • 11 ta tur · 9%$3 465oyiga
  • 21 ta tur · 10%$7 350oyiga

O‘rtacha tur narxi $3 500 bo‘lganda.

Bitta mijoz — ikki tur

Guruh turlariga odatda yolg‘iz borilmaydi: er-xotin birga ketadi, farzandlar ota-onasini yuboradi, do‘stlar sherik bilan boradi. Bitta mijoz bilan ikki tur sotasiz va komissiyani ikki barobar olasiz.

$3 500 × 2 × 9% = $630 bitta bitimdan

Mijoz qaytib keladi

Sifatli sayohatdan qaytgan mijoz keyingi turni ham sizdan oladi, do‘stlarini ham olib keladi. Buni inobatga olsangiz, daromadingiz bir oy emas — yil davomida va ko‘p yillar davomida o‘sib boradi.

Hamkor bo‘lish

Hamkor bo‘ling

Ma’lumotlaringizni qoldiring. Hamkorlik shartlari, komissiya va bron tartibi bo‘yicha menejerimiz siz bilan bog‘lanadi.

Telegram: +998 77 705 99 00